Bureau International des Poids et Mesures (Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar idorasi, Parij)da saqlanayotgan kilogramm etaloni.
Kilogramm (qisqacha: kg) SI massa o‘lchov birligidir. U xalqaro kilogramm etaloniga teng, deb ta’riflanadi. 1 kg 1000 grammga teng. Xalq orasida kilo deb ataladi. Dastlab, normal atmosfera bosimida 1 litr toza suvning 4 °С dagi massasini 1 kilogramm deb atashgan.
Hozirgi kunda kilogramm — SIda insoniyat tomonidan yaratilgan yagona jismdan iborat bo‘lgan etalondir.
|