Ittifoqchilar gʻalabasi. BMTning tashkil topishi. SSSR kuchli davlatga aylanadi. Dunyo turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimli ikki lager - sotsialistik va kapitalistik lagerlarga boʻlinib ketadi. Sovuq urush boshlanadi.
Harbiylar:
17 mln.dan kam boʻlmagan yoʻqotishlar [1][2][3][4][5] Fuqaro shaxslar:
33 mln[manba kerak] Umumiy halok boʻlganlar soni:
50 mln[manba kerak]
Ikkinchi jahon urushi (1939 — 1945) — buyuk mamlakatlar — Angliya, Fransiya, Sovet Ittifoqi, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlar oʻrtasida Birinchi jahon urushidan soʻng, 1919 — 1922 yillari taʼsir doirasini kengaytirish va chegaralarni qayta koʻrib chiqish maqsadida kelib chiqqan qurolli ziddiyatlar (urushlar) majmuasi. Keyinchalik bu dunyodagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqlarning ziddiyatiga aylanadi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush boʻladi. Ikkinchi jahon urushida dunyo aholisining 80% dan ortigʻi yashagan 61 ta davlat qatnashdi (ulardan 37 tasi harbiy harakatlarda ishtirok etdi). Harbiy harakatlar 40 ta davlat hududlarini qamradi. Har xil baholarga koʻra 50 dan 70 mlngacha kishi vafot etgan.
Ikkinchi jahon urushida 61 ta davlat qatnashgan (47 tasi aksihitler ittifoqining tarafida va 14 tasi Oʻq mamlakatlari tarafida). Ulardan ayrimlari faol harbiy harakatlarni olib borishardi, boshqalari oʻz ittifoqdoshlariga oziq-ovqat yetkazib berardi, koʻpchilik esa urushda faqat nominal holda ishtirok ishtirok etardilar.